"Milan" Papadopulos bilan muzokara o'tkazyapti. U so'nggi yilda 1 marta maydonga tushgan

19 okt 2020, 00:06
"Milan" rahbariyati "Shalke", "Bayer" va "Gamburg" klublari sobiq himoyachisi Kiriakos Papadopulosga qiziqish bildirmoqda.

Gretsiyalik o'yinchi iyul oyida "Gamburg" bilan shartnomasini bekor qilganidan keyin erkin agentga aylangan edi. Hamburger Morgenpost xabariga ko'ra, italyan klubi 28 yoshli futbolchi bilan muzokara olib bormoqda.

Ma'lumot uchun, Kiriakos 2019 yilning sentyabridan beri faqat 1 o'yinda maydonga tushgan.

Faoliyati davomida Gretsiya terma jamoasi safida 29 o'yin o'tkazgan Papadopulos 4 golga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Hamburger Morgenpost