"Milan" Origi bilan to'rt yillik shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
21 mar 2022, 10:13
"Liverpul" hujumchisi Divok Origi tez orada "Milan" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashi mumkin.

Belgiyalik futbolchi etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani sabab "Liverpul"dan ketishga qaror qildi. Origining shartnomasi yozda yakuniga etadi, u erkin agent maqomida klubdan ketish huquqiga ega.

26 yoshli forvard katta ehtimol bilan "Milan"ga o'tadi. Tomonlar tez orada yangi uchrashuv o'tkazishadi. "Rossoneri" Origiga to'rt yillik shartnoma va yiliga 3,5 mln evrolik maosh taklif qilishga tayyor.

Divok joriy mavsum "Liverpul" tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira