

Manbaga ko'ra, 29 avgust kuni "Milan" - "Kalyari" uchrashuvidan oldin muxlislar ikkita banner osib qo'yishgan. Birinchisi shunday yozilgan edi: "Biz xoinlarni unutmaymiz, Milanga qaytganingda ehtiyot bo'l". Yana birida: "Donnarumma, noshukur, sen Leonardodan ko'ra ko'proq *****", deb yozilgan.

Darvozabon ilk marta "Milan"da 16 yoshida maydonga tushgan. Shu vaqt ichida u 251 ta o'yin o'tkazdi. PSJ 14 iyul kuni 22 yoshli Donnarummaning transferini e'lon qildi. Posbonning shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.



