"Marsel" hujumchisi Florian Toven "Milan"ga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda "Telefoot" xabar tarqatdi.
27 yoshli francuz "rossonerilar"ning qishki transfer oynasidagi ustuvor maqsadi hisoblanadi. "Milan" rahbariyati allaqachon futbolchi borasidagi birinchi taklifni yuborgan va tomonlar orasida muzokara boshlangan.