"Milan" "Manchester Yunayted" futbolchisini nishonga oldi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2019
"Milan"da "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Maruan Fellayniga qiziqish bildirmoqda.

"Milan" futbolchini qishdayoq transfer qilishni rejalashtirmoqda. Fellayni yangi bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher qo'l ostida o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti.

Fellayniga hozirda "Portu" va "Guanchjou Evergrand" kabi jamoalar tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Fellayni 2013 yildan buyon MYU sharafini himoya qilib kelmoqda. U bu mavsumda jamoasi tarkibida 14 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Het Nieuwsblad