"Milan" "Lill" himoyachisi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
4 mar 2022, 23:31
"Lill" himoyachisi Sven Botman faoliyatini "Milan"da davom ettiradi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, klublar futbolchining yozda bo'ladigan transferi borasida kelishib olishgan.

22 yoshli markaziy himoyachiga "Nyukasl" ancha vaqt davomida da'vogarlik qilib turdi. Ammo u yakunda "Milan"ni tanladi.

Ushbu mavsumda Botman "Lill" tarkibida 25 o'yinda qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi. Uning transfer summasi 30 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport