"Milan", "Lacio" va "Yuventus" "Zalcburg" hujumchisi Okaforga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2023, 14:00
Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Zalcburg" hujumchisi Noa Okafor faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

23 yoshli shveytsariyalik futbolchiga "Milan", "Lacio" va "Yuventus" da'vogarlik qilmoqda. Klublar mumkin bo'lgan shartnoma shartlarini o'rganmoqda.

Okafor o'tgan mavsumda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uni 20 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano