"Milan" Korreani qo'lga kiritishga yaqin

"Atletiko" yarim himoyachisi Anxel Korrea tez orada "Milan" safiga borib qo'shilishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar 35+5 mln evro ko'rinishidagi kelishuvga yaqin turishibdi. Keyinchalik, agar "rossonerilar" Korreani 35 mln evrodan ko'prog'iga sotsa, "Atletiko" Korreaning 30% narxini o'zida saqlab qoladi. 

Madridliklar esa avval xabar berilganidek, "Valensiya" hujumchisi Rodirigoni ko'zlab turishibdi. 


Manba: gazzetta.it