“Milan” klubga Sarrining bosh murabbiy bo'lishini xohlamoqda

17 may 2019, 08:28
Milanliklar “Chelsi” murabbiyini o'z tomoniga og'dirib olishga harakat qilib ko'radi.

“Rossonerilar” 60 yoshli Mauricio Sarriga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqchi. “Milan” murabbiyga yiliga 3 mln evro maosh to'lashga tayyor. Tez orada jamoa bosh direktori Ivan Gazidis Sarri bilan muzokara olib borish uchun Londonga borishi kutilmoqda. 

Avvalroq “Chelsi” xo'jayini Roman Abramovich agar jamoa Yevropa Ligasini yuta olmaydigan bo'lsa, Sarrini ishdan bo'shatishi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Express