"Milan" Jampaologa shart qo'ydi

Mirjalol Normatov
22 sen 2019, 16:55
Marko Jampaolo "Milan" bosh murabbiyligidan ketishi mumkin.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, klub rahbariyati bosh murabbiga vaziyatni to'g'rilash uchun 3ta o'yinlik imkoniyat bergan. Agarda natijalar yomon bo'lsa, italiyalik murabbiy iste'foga chiqadi.

"Milan" navbatdagi 3 uchrashuvni safarda "Torino", o'z maydonida "Fiorentina" hamda "Jenoa" maydonida o'tkazadi.

O'tgan turda "rossoneri" "Inter"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato