"Milan" hujumchisi APL klubiga o'tishi mumkin

Alisher
29 noya 2019, 14:00
Fabio Borini yanvarda "Milan"dan ketishga tayyor.

Xabarlarga ko'ra, 28 yoshli futbolchiga "Kristal Pelas" va "Jenoa" klublari qiziqish bildirmoqda.

Borinining "Milan" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi bilan shartnoma uzaytirilmadi. Fabioning o'zi ham "Kristal Pelas"ga o'tishni istamoqda.

Borini joriy mavsum faqat ikki o'yinda maydonga tushdi, so'nggi bor esa avgustda maydonda ko'rinish bergan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport