"Milan" himoyachisi "Inter"ga qarshi derbini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
7 sen 2023
Futbolchi diskvalifikaciya qilingan.

"Milan" himoyachisi Fikayo Tomori Italiya chempionatining 4-turidan o'rin olgan "Inter"ga qarshi o'yinida qatnashmaydi. Futbolchi diskvalifikaciya qilingan.

Angliyalik futbolchi "Roma"ga qarshi o'yinda qizil kartochka oldi. Shu tufayli u keyingi o'yinni o'tkazib yuborishga majbur.

Jamoalar xalqaro tanaffusdan so'ng "Milan derbisi"da to'qnash kelishadi. "Inter" – "Milan" uchrashuvi 16 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Italia