"Milan" Gabbiyani ijaradan qaytarib olmoqchi

Оқил Абдубарноев
7 dek 2023, 19:41
Italiyaning "Milan" klubi joriy mavsumni "Vilyarreal"da o'tkazayotgan markaziy himoyachisi Matteo Gabbiyani ijaradan qaytarib olmoqchi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "rossonerilar" 24 yoshli italiyalikni qaytarish bo'yicha "sariq suvosti kemasi" bilan muzokaralar olib bormoqda.

Qayd etilishicha, Gabbiyaning o'zi mavsum o'rtasida “Vilyarreal”dagi ijarasini tugatib, Milanga qaytishga tayyor. Matteoni ortga qaytarish orqali "rossoneri" pul tejashni va yangi markaziy himoyachi sotib olishga mablag' sarflamaslikni istaydi.

Joriy mavsum Gabbiya Ispaniya La Ligasining 7 ta o'yinida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano