"Milan" futbolchisi uchun "Real" ham kurashadi

Mirjalol Normatov
26 dek 2021, 12:30
"Real" "Milan" xavbeki Frank Kesse uchun kurashga qo'shildi.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, Madrid klubi 25 yoshli futbolchini PSJ va "Tottenxem"dan "ilib ketmoqchi".

Kessening "Milan" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi va erkin agentga aylanadi. U klubi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi bo'lmayapti.

Ushbu mavsumda Kesse "Milan" tarkibida 21 o'yinda qatnashib, 5 gol hamda 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato