"Milan" futbolchisi PSVga o'tishni istamadi

Mirjalol Normatov
5 yanv 2020, 13:13
"Milan"ning chap qanot himoyachisi Rikardo Rodriges PSVga o'tishni istamayapti.

27 yoshli futbolchi ushbu oyda PSV tomonidan yuborilgan taklifga rad javobini bergan. Shuningdek, uning xizmatlariga "Napoli" tomonidan ham qiziqishlar bo'lgandi. Biroq u "Milan"da qolishni istadi.

Oldinroq "Milan" rahbariyati Rodrigesni sotib yuborib, hujumchi Zlatan Ibragimovichning maoshi uchun mablag' yig'ishga harakat qilayotganligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

Rodrigesning "rossonerilar" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia