"Milan" forvardi Shvetsiyada yo'qolib qoldi

Omonjon To`xtamirzayev
19 okt 2023
Shvetsiyada "Milan" hujumchisi Emil Robak yo'qolib qolgan.

Futbolchi "Norrchyoping" klubida ijarada to'p tepmoqda. Ikki haftadan buyon u mashg'ulotlarga kelmayapti va u bilan bog'lanishning iloji bo'lmayapti. Na klub, na futbolchi oilasi Emil qayerdaligini biladi.

Futbolchining "rossoneri" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: corriere.it