Rasman: "Milan" Fonsekani iste'foga chiqarganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2025, 14:48
Italiyaning "Milan" futbol klubi jamoa bosh murabbiyi Paulu Fonsekani ishdan bo'shatdi.

"Milan" Paulu Fonseka jamoa bosh murabbiyligidan ozod etilganini e'lon qildi. Klub Polga yuqori professionalligi uchun minnatdorlik bildiradi va unga kelajakdagi faoliyatida omad tilaydi", – deyiladi "rossoneri" bayonotida.

Portugaliyalik mutaxassis "Milan" boshqaruviga shu yilning yozida kelgandi. Milan klubi 17 turdan keyin 27 ochko bilan A Seriya musobaqa jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda. 29 dekabr kuni milanliklar o'z maydonida "Roma" bilan durang o'ynadi (1:1), Fonseka hakam bilan bahslashgani uchun zaxiradan chetlatildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acmilan.com