"Milan" Feliksni yana ijaraga olmoqchi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2025
"Milan" Joau Feliksni saqlab qolish bo'yicha reja tuzyapti.

Klubdagilar jahon darajasidagi futbochi bilan shartnoma tuzishganiga ishonishmoqda. "Chelsi"dan ijaraga olingan vinger "rossonerlar" safida 3ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Milan"dagilar mavsum yakunidan keyinham futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi. Buning uchun ular Feliksni yana ijaraga olib, biroq 40 mln. evroga xarid qilish majburiyati bilan o'ziniki qilib olmoqchi.

Klub bu transfer uchun pullarni bir yoki ikki nafar futbolchi sotuvidan olmoqchi. Ulardan biri Teo Ernandes bo'lishi mumkin. "Milan" shartnomasi 2026 yilda yakunlanadigan himoyachini tekinga yo'qotmoqchi emas.

Shu bilan birga "Milan" Rafael Leau borasida ham takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport