
"Calciomercato" xabariga ko'ra, futbolchini "Leyptsig", "Shalke" va "Gerta" kabi klublar kuzatishmoqda. Biroq "Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli kelasi mavsum oldidan jamoa yetakchilari bilan xayrlashmoqchi emas. U rahbariyatga futbolchini saqlab qolish kerakligini aytgan.
Chalxanoglu ushbu mavsumda barcha turnirlarda 36 o'yinda qatnashib, 10 gol va 8 assist qayd etdi. Uning milanliklar bilan shartnomasi yana bir mavsum amal qiladi.