Milan Duglas Kosta borasida rasmiy taklif bilan chiqadi

Narzulla Saydullayev
14 avg 2014, 10:22
Milan Doneckning Shaxtyor klubi yarim himoyachisi Duglas Kostani sotib olmoqchi.
Italiya klubi 23 yoshli braziliyalik futbolchining transferi borasida yaqin orada rasmiy taklif bilan chiqadi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Kostani rossonerlar prezidenti Silvio Berluskoni sotib olishni istamoqda.

Ushbu futbolchiga Monako va Tottenxem klublari ham qiziqmoqda. Kostaning transfer narxi 50 million evroga teng.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru