“Milan” Donnarummaning narxini e'lon qildi

Jiji faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin.

“Real” “Milan”dan Janluiji Donnarummani sotib olish imkoniyatlarini o'rganib chiqmoqda. Milanliklar darvozabon bilan 70 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor. Uning “Milan” bilan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi. Futbolchi hozircha shartnomani uzaytirishdan bosh tortmoqda.

Avvalroq Donnarummaning xizmatlariga PSJ qiziqayotganligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.


Manba: Corriere dello Sera