"Milan" Deulofeuni qaytarmoqchi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2019, 12:18
"Milan" "Uotford" yarim himoyachisi Jerar Deulofeuni qaytarish niyatida.

Deulofeu 2016/17 mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "rossonerlar" safida o'tkazgan edi.

Italiya klubi "Dalyan Ifan" xavbeki Yannik Karrasko uchun kurashda "Inter"ga mag'lub bo'lganidan so'ng, e'tiborni 24 yoshli ispaniyalikka qaratdi.

"Milan" Deulofeuni xarid qilish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.

"Uotford" esa futbolchini birdaniga sotib yubormoqchi. Ingliz klubi Deulofeuni 25 mln. evroga sotmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia