"Milan" Dalotni "Manchester Yunayted"dan xarid qilmaydi

Alisher
6 iyun 2021, 12:53
"Milan" "Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalotni o'z tarkibida saqlab qolmaydi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, italiyaliklar 22 yoshli o'yinchining narxini juda yuqori degan qarorga kelishdi.

Dalotning xizmatlari Joze Mourinyu boshqarayotgan "Roma"ga taklif etildi. Portugaliyalik o'yinchining kuchli va kuchsiz tomonlarini yaxshi biladi, shu sabab o'yinchining faoliyatini Rimda davom ettirishi ham istisno etilmayapti.

Futbolchi o'tgan mavsum Italiya chempionatida 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira