Milan Crvena Zvezda darvozabonini sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2015, 21:01
Milan Crvena Zvezda va Serbiya yoshlar terma jamoasining 19 yoshli darvozaboni Predrag Raykovichni sotib olmoqchi.
Sinisha Mixaylovich yosh futbolchi bilan shaxsan gaplashib olgan. Milan 3–3,5 million evro taklif qilmoqda, Serbiya klubi esa posbon uchun 4 million evro olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Serbiya terma jamoasi Yangi Zelandiyada o'tgan yoshlar o'rtasidagi U-20 mundialda chempion bo'ldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru