"Milan" braziliyalik hujumchini xarid qilishni xohlamoqda

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2021, 19:55
"Milan" "Santos" forvardi Kayo Jorjega qiziqmoqda.

"Biz Kayo bo'yicha "Milan"dan taklif oldik. Uni qanchaga sotmoqchi ekanligimizni milanliklarga aytdik. Endi javob kutyapmiz", – dedi Braziliya klubi prezidenti Andres Rueda. 

19 yoshli Kayo "Santos" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub uchun 77 o'yinda qatnashib, 16 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani qayd etgan. 

Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilning 31 dekabrigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario do Peixe