"Milan" bosh murabbiyi Pioli koronavirusga chalindi

Alisher
14 noya 2020, 16:20
"Milan" ustozi Stefano Piolining koronavirus uchun topshirgan testi musbat natijani ko'rsatdi.

Bu haqda "rossonerilar" matbuot xizmati xabar bermoqda. Kasallik 55 yoshli mutaxassisda belgilarsiz kechmoqda. Pioli hozir karantinda.

Qayd etish kerakki, Milan klubining futbolchilari va xodimlari koronavirusga manfiy test topshirishgan.

"Milan" A Seriyada 7 turdan so'ng 17 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/acmilan