"Milan" bosh murabbiyi ishdan haydaldi, endi jamoani Gattuzo boshqaradi

Aslanov Jasurbek
27 noya 2017, 15:06
"Milan" bosh murabbiyi Vinchenco Montella iste'foga chiqarildi.

Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi. Uning o'rnini klub yoshlari bilan ishlagan Jennaro Gattuzo boshqaradi.

Montella 2016 yilning yozidan beri jamoani boshqarib kelayotgan edi. Joriy mavsum 43 yoshli mutaxassis qo'l ostidagi Milan shahri klubi 14ta o'yindan so'ng A Seriya turnir jadvalida ettinchi o'rinni egallab turibdi. Montellaning so'nggi uchrashuvi "Torino"ga qarshi uydagi o'yin bo'ldi (0:0).

Gattuzo 1999-2012 yillar davomida "Milan" sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia