"Milan" bilan muvaffaqiyatning yangi bobini yozamiz" - Paulu Fonseka

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2024
"Milan" bosh murabbiyi Paulu Fonseka "qizil-qoralar"ga bosh murabbiy etib tayinlangani haqida fikr bildirdi.

"Milan" boshqaruviga kelganimdan faxrlanaman va bu klub, uning buyuk tarixi uchun borimni berishga harakat qilaman. Birgalikda biz mukammallikka intilamiz va muvaffaqiyatning yangi bobini yozamiz, umid qilamanki, biz buni ajoyib muxlislarimiz bilan albatta nishonlaymiz", – dedi mutaxassis klub rasmiy saytiga.

Avvalroq "Milan" "Arsenal" himoyachisiga qiziqish bildirayotgani ma'lum bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acmilan.com