"Milan" "Bayer" bilan Shik transferini muhokama qildi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2021, 21:28
Italiyaning "Milan" klubi Chexiya terma jamoasi hujumchisi Patrik Shikka qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Italiya klubi forvardning transferi bo'yicha "Bayer" vakillari bilan allaqachon aloqaga chiqqan. Nemis klubi 25 yoshli hujumchi uchun taxminan 40 million evro so'ramoqda.

Shik avval ham A Seriyada to'p surgan - u bir mavsumni "Sampdoriya"da o'tkazgan va keyinchalik "Roma" safida ikki yil o'ynagan.

Chexiyalik futbolchi Evro-2020'da 4 ta gol urdi va Karim Benzema (Fransiya) va Emil Forsberg (Shvetsiya) bilan musobaqa to'purarlari ro'yxatida ikkinchi o'rinni bo'lishib turibdi. Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 5 ta gol bilan hozircha peshqadam hisoblanadi.

E'tiborlisi, Shikdan tashqari ro'yxatdagi barcha futbolchilar Evro-2020'ni tark etgan. Chexiya ertaga musobaqaning 1/4 finalida Daniya bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TMW