“Milan” “Barselona”ning 72 yil avvalgi ko'rsatkichini takrorladi

Aslanov Jasurbek
24 dek 2020, 08:05
“Milan” A Ceriya 14-turi doirasida “Lacio”ni 3:2 hisobida engdi.

“Rossonerilar” bu orqali “Barselona”ning 1948 yildagi natijasini takrorladi. Gap shundaki, milanliklar bir kalendar yili hisobidan milliy chempionatning ketma-ket 16 ta o'yinida kamidan 2 tadan gol urdi. “Barselona” 72 yil avval ketma-ket 18 ta o'yinda gol urgandi.

Qayd etish joiz, “Milan” top-5 chempionat jamoalari orasida mag'lubiyatga uchramagan yagona klub sifatida qolmoqda.

“Milan” A Ceriya 14-turidan so'ng 34 ochko bilan musobaqa jadvalida 1-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta