Chexiya terma jamoasi hamda "Liverpul" klubi sobiq hujumchisi Milan Barosh faoliyatini "Slovan"da davom ettirishi mumkin.
"Mlada-Boleslav" jamoasida o'ynagan Barosh jamoa bosh murabbiyi Karel Yarolim bilan yuzaga kelgan tushunmovchiliklar tufayli klub bilan shartnomani bekor qilishga kelishib olgan. Milan Baroshni esa "Slovan" jamoasi o'z safiga qo'shib olmoqchi.