"Milan" Balotellini xarid qilmaydi

Aslanov Jasurbek
23 may 2016, 12:22
"Milan" "Liverpul"dan hujumchi Mario Balotelli transfer huquqini xarid qilmaslikka qaror qildi.

Italiya klubi forvardni mavsum oxirigacha ijaraga olgan edi. Joriy mavsumda Balotelli A Seriyaning 20 uchrashuvida 1 ta gol urdi. Rossonerlar Marioning o'yinidan mamnun emas, ammo uni yana bir mavsum ijaraga olishga tayyor.

Balotelli va "Liverpul" o'rtasidagi shartnoma 2018 yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia