"Milan" Ayntraxt" bilan muzokaralarni boshladi

Mirjalol Normatov
16 avg 2020, 14:34
"Rossoneri"lar futbolchini jamoaning to'laqonli a'zosi bo'lishini istamoqda.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, "Milan" hujumchi Ante Rebichni "Ayntraxt"dan sotib olishni istamoqda. Mavsum avvaliga 26 yoshli hujumchining ishlari yurishmadi. Keyinchalik uning o'yinlari ochilib ketdi va ketma-ket gollar urib tashladi. Shuning ortidan u jamoaning muhim figurasiga aylanib oldi.

Yozilishicha, "Milan" futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli - 40 mln evroni to'lashga tayyor turibdi.

Ushbu mavsumda Rebich A Seriyada 26 o'yinda qatnashdi va 11 gol hamda 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato