"Milan" "Arsenal" futbolchisini sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
5 apr 2021, 14:30
"Arsenal" xavbeki Lukas Torreyra "Milan"ga o'tishi mumkin.

"Daily Mirror" xabariga ko'ra, "rossoner"lar 25 yoshli futbolchini sotib olish uchun 25 mln evro to'lashga tayyor turibdi. Italiya klubi markazni kuchaytirish uchun juda katta ishlar olib bormoqda. Shuningdek, Torreyra A Seriya bilan yaxshi tanish bo'lgani uchun unga ligaga moslashib olish unchalik qiyin bo'lmaydi.

"Arsenal" xavbekiga ancha vaqtdan buyon "Napoli" ham qiziqish bildirmoqda. Ushbu mavsumda urugvaylik futbolchi "Atletiko" tarkibida LaLiganing 15 o'yinida 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mirror