"Milan" aprel so'ngida Ibragimovich bilan yangi shartnomani muhokama qiladi

Alisher
24 mar 2022, 11:27
"Milan" hujumchi Zlatan Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, klub vakillari aprel so'ngida yangi kelishuvni 40 yoshli shved bilan muhokama qilishmoqchi. "Milan" futbolchiga bonuslarsiz yiliga 2,5 million evro miqdorida maosh to'lashga tayyor.

Ibragimovich 2021/22 yilgi mavsum "Milan" tarkibida 22ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Forvardning amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'ngiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira