"Milan" 60 million evrolik transferni amalga oshirishga tayyor

Alisher
6 mar 2020, 15:40
"Milan" "Leyptsig" himoyachisi Dayo Upamekanoni nishonga oldi.

Qayd etish kerakki, milanliklar jiddiy harajatlarni qilishga tayyorlar. "Milan" iqtidorli futbolchi uchun 60 million evroni ham ayamoqchi emas.

Ammo, "Milan" Upamekano uchun jiddiy raqobat olib borishga tayyor turishi kerak. Futbolchi uchun "Real", "Barselona" va boshqa Yevropaning top-klublari kurash olib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Dayo joriy mavsum Bundesligada 20ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com