“Milan” 34 yillik antirekordni qayd etdi

26 dek 2018, 20:45
Italiya A seriyasining 18-turida “Milan” o'z uyida “Frozinone” (0:0) klubi darvozasiga yo'l topa olmadi.

Ushbu uchrashuvdan oldingi ikki turda milanliklar “Torino” va “Bolonya” bilan golsiz durangga imzo chekkan bo'lishsa, uch tur ilgari “Fiorentina”ga (0:1) mag'lub bo'lishgandi.

Gattuzo shogirdlari uchun so'nggi to'rtta uchrashuvdan buyon raqiblari darvozasiga gol ura olishmadi. “Milan” oxirga marta bunday salbiy statistikani 1984 yilning dekabrida qayd etgandi.

A seriya 18-turidan keyin “Milan” 28 ochko bilan turnir jadvalining to'rtinchi pog'onasida bormoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com