"Milan" 16 yil ichida ilk marotaba evrokuboklardan chetda qoldi

Aziz Tukhtamuradov
19 may 2014, 08:23
"Milan" jamoasi so'nggi turdagi g'alabaga qaramasdan Yevropa Ligasiga yo'llanma olishni uddasidan chiqmadi.

Rossonerilar 57 ochko to'plagan holda A seriyada sakkizinchi o'rinni egalladilar.

Shu tariqa "Milan" 1998-yildan beri ilk marotaba Evrokuboklardan chetda qolishdi. O'shanda milanliklar chempionatda 10-o'rinni egallagan edilar.

Eslatib o'tamiz, kelasi yili Italiya nomidan Chempionlar Ligasida Yuventus, Roma va Napoli, Yevropa Ligasida esa Parma, Fiorentina va Inter jamoalari ishtirok etadilar.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru