Mikel Arteta: "O'zil kelgach endi raqiblar "Arsenal"dan qo'rqishsa arziydi"

Narzulla Saydullayev
14 sen 2013, 11:06
"Arsenal" yarim himoyachisi Mikel Artetaning fikricha jamoaga Mesut O'zilning kelib qo'shilishi "kanonirlar"ga APLda birinchi o'rinni egallashga yordam berishi mumkin.
"Aminmanki, Mesut bilan jamoamiz Angliya chemptonatini yutishga qodir bo'ladi. U raqiblar safida o'ynaganida, har qanday jamoa uchun katta xavf bo'lgan. Endilikda, u bizning tarkibimizda va raqiblar "Arsenal"dan qo'rqishsa arziydi. Axir biz bu yil chempionatni yutmoqchimiz. O'zil biz bilan birga o'ynashidan juda xursandman. U kreativ futbolchi. Har qachon ham bizning jamoani kuchaytira oladi", deya Arteta so'zlarini Goal.com keltirmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net