Misr terma jamoasining sobiq hujumchisi Mido hamyurti Muhammad Salahning “Liverpul” klubidan “Real”ga o'tishini qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi.
“Ochig'i, men Salahning “Liverpul” klubiga o'tayotganda, shuni bekor qildi, deb qo'rqqan edim. Lekin hozir shu narsaga aminmanki, u yana yangi bosqichga ko'tarila olishga qodir. Agar u “Real”ga ko'chib o'tsa, yana ham ochilib ketadi”, – dedi Mido.