Meyson Maunt "Chelsi" bilan shartnomani uzaytirmoqchiligini ma'lum qildi

Alisher
13 iyul 2022, 15:53
"Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt klub bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

"Hozirgi shartnoma bo'yicha menda yana ikki yil qoldi va klubda juda baxtliman. Umid qilamanki, tez orada kelishuvni uzaytirish borasida muzokaralarni boshlaymiz", - deydi Maunt.

Maunt - "Chelsi" tarbiyalanuvchisi.

23 yoshli angliyalik futbolchi o'tgan mavsum London jamoasi tarkibida barcha musobaqalarda 53ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 16ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic