"Metallurg" sobiq futbolchisi legionerga aylandi

Sherzod Nurmatov
31 mar 2022, 21:10
Avvalgi mavsumlarni "Metallurg"da o'tkazgan yarim himoyachisi Muhammad Isaev legioner maqomini oldi.

Futbolchi Tojikiston chempioni "Istiqlol" safiga borib qo'shildi. U dushanbeliklar safida 77-raqamda ostida to'p tepadi. 

Futbolchi qishda "Metallurg"ni tark etgan va erkin agent maqomida o'ziga jamoa izlayotgandi.

Eslatib o'tamiz, Isaev "Istiqlol" bilan Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia