"Metallurg" oliy ligadagi 500-o'yinini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
27 apr 2015
Kecha Bekobodning "Metallurg" klubi oliy ligada o'zining yubiley 500-uchrashuvini o'tkazdi.
O'zbekiston milliy chempionatida o'zining 18-mavsumini o'tkazayotgan klub hisobida 158ta g'alaba bor. 104ta uchrashuv durang bilan tugagan. Qolgan 238ta bahsda Bekobod klubi mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 610 - 823.

Ma'lumot uchun, "Metallurg" oliy ligada 500 va undan ortiq o'yin o'tkazgan 9-jamoaga aylandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia