“Metallurg” nazorat uchrashuvida “Yangier”ni mag'lub etdi

Alisher
29 yanv 2022, 16:40
Bir haftadan buyon Toshkentda yangi mavsum tayyorgarligini davom ettirayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi bugun “Do'stlik” jamoa xo'jaligi stadionida birinchi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

"Metallurg"ga Pro liga vakili “Yangier” jamoasi raqiblik qildi.

Uchrashuvda Superliga jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Gollarni “Metallurg”dan Fozil Musaev, Shohnazar Norbekov hamda Shahzodjon Nematjonovlar kiritishdi.

Bekobodliklar ustozi Luisma Ernandes ikkala taymda turli tarkiblardan foydalandi.

“Metallurg” – “Yangier” – 3:1 (2:0). Nazorat uchrashuvi. Toshkent viloyati, “Do'stlik” j/x stadioni.

Hakam: Rahimjon Karimov.

Nazoratchi: Aleksandr Popov.

Gollar: Fozil Musaev (8), Shohnazar Norbekov (27), Shahzodbek Nematjonov (81)

“Metallurg” (1-taym): Aleksandr Lobanov, Fozil Musaev,  Salamat Quttiboev,  Odilbek Abdumajidov, Abbosjon Otaxonov, Abror Toshqo'ziev,  Shahzodbek G'ofurbekov,  Damir Temirov,  Xudoyshukur Sattorov, Jasur Ashurov,  Shohnazar Norbekov.

“Metallurg” (2-taym): Akmal Ortiqov,  Ixtiyor Toshpo'latov, Farrux Ibrohimov,  Hakimxon Alamxonov,  Muhammad Isaev,  Farxod Bekmurodov,  Ergash Ismoilov, Farxod Oxunov, Jasur Ashurov, Ibrohim Ibragimov, Shahzodjon Nematjonov.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати