“Metallurg” – “Lokomotiv” uchrashuvi poytaxtda o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
16 avg 2017
Bilasiz, 18 avgustdan Oliy Ligada 18-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Bu safar musobaqa jadvalining yakka peshqadami “Lokomotiv” Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi bahs yuritadi. Yodingizda bo'lsa, mazkur jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvi Bekoboddagi stadionda ta'mirlash ishlari olib borilayotgani sabab Toshkentda o'tkazilgan edi.

Ma'lum sabablarga ko'ra, ushbu ikki jamoaning ikkinchi davradagi qarama-qarshiligi ham poytaxtimizdagi “Lokomotiv” stadionida o'tkaziladigan bo'ldi.

Ta'kidlab o'tamiz, uchrashuv 18 avgust kuni soat 19:00da boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz