“Metallurg”: “Lokomotiv-BFK” yirik hisobda dog'da qoldirildi

Tolibjon Qosimov
25 fev 2016, 16:00
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tayyorgarlik jarayonini davom ettirayotgan “Metallurg” futbolchilari “Kimyogar” stadionida birinchi liga vakili “Lokomotiv-BFK” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

O'yin bekobodliklarning yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi – 8:0.

Mazkur nazorat-ko'rik o'yinida temiryo'lchilar tarkibida bir qator yosh futbolchilar to'p surganligi bois, jamoalarning mahorati borasidagi farq yaqqol sezilib qoldi. “Metallurg” bilan shartnoma imzolagan Jahongir Abdumo'minov shu kuni xet-trikni rasmiylashtirgan bo'lsa, Zohid Abdullaev hamda Ayubxon No'monovlar dublga erishishdi. Yana bitta gol Jasur Hakimov hisobida yozildi.

“Metallurg” – “Lokomotiv-BVK” – 8:0. Chirchiq. “Kimyogar” stadioni.
“Metallurg”: Zafar Safoev, Davron Karimqulov, Hikmat Hoshimov, Mirg'iyos Sulaymonov, Ulug'bek Xudoyberdiev, Murod Toshmatov, Doniyor Odilov, Ayubxon No'monov, Ergash Ismoilov, Jahongir Abdumo'minov, Zohid Abdullaev.
Zahiradan maydonga tushganlar: Suhrob Sultonov, Dilmurod Karimov, Said Abdujabborov, Sunnat Ermatov, Vusol Mageramov, Jasur Hakimov, Farhod Namozov.
 
Endi “Metallurg” futbolchilari navbatdagi nazorat uchrashuvni 27 fevral kuni “Olmaliq” jamoasiga qarshi o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: metallurg-pfc.uz