“Metallurg” Chirchiqda yig'inni boshladi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2020, 17:20
Bekobodliklar kecha Chirchiq shahrida yig'ildi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Futbolchilar bugun ertalab, tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Bosh murabbiy Andrey Shipilov tarkibda o'zgarishlarga qo'l urishni boshladi. Xususan o'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan Zafar Safoev, Ibrohim Yo'ldoshev, Suhrob Nurulloev, Bahrom Abdurahimov, Shavkat Mullajonov, Doniyor Usmonov hamda Bahodir Pardaev jamoa bilan xayrlashdi.

Yo'qotishlar o'rnini to'ldirish maqsadida, “Nasaf”dan himoyachi Doniyor Narzullaev, “Andijon”dan yarim himoyachi Abdurahmon Abdulhaqov, “Buxoro”dan Salamat Qutiboev, "Andijon"dan Shahzod Ubaydullaev  hamda “Buxoro”dan hujumchi Murod Bobojonov ayni damda bekobodliklarning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia