Abdurahmon Abdulhaqov "Turon"ni tark etdi

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2021
Futbolchi jamoasini o'zgartirishga qaror qildi.

Joriy mavsum avvalida Bekobodning "Metallurg" jamoasidan Superliga debyutanti "Turon" klubiga ko'chib o'tgan Abdurahmon Abdulhaqov kuni-kecha jamoasi bilan xayrlashishga qaror qildi. 

Olingan ma'lumotlarga ko'ra,  klub va futbolchi o'rtasida tuzilgan shartnoma ikki tomonning o'zaro kelishuviga asosan bekor qilingan. 

Shu bois qanot vingeri endi o'ziga yangi jamoa topadi. 

Ma'lumotlarga ko'ra,  Abdulhaqovga hozircha Superliganing ikki klubidan qiziqish bo'lgan. 

Abdurahmon esa hozircha aniq bir to'xtamga kelib ulgurmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia