Messining otasi Milandan turar-joy sotib oldi

Eldor Akmurzayev
25 iyul 2020
“Barselona” sardori Lionel Messining otasi Xorxe Messi Milan shahridan uy sotib oldi, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Turar-joy Porta Nuova tumanida joylashgan bo'lib, unga avgust oyida ko'chib o'tish mumkin. Qayd etilishicha, Messining oilasi soliq imtiyozlaridan tushgan mablag' evaziga Milandan ko'chmas mulkka ega bo'lgan. Avvalroq, bu kabi ishni “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu amalga oshirgan edi.

“Inter” esa Messini 2021 yil qo'lga kiritishni rejalashtirmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi keyingi yilning iyunida o'z yakuniga etadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport