Messining otasi: Agar Barselona top-ligada o'ynasa Lionel qoladi
Narzulla Saydullayev
7 yanv 2018, 10:25
Xorxe Messi o'g'li Lionel Kataloniya Ispaniyadan ajralib chiqsa ham klubda qolishini aytdi.
Agar Barselona top-ligada o'ynashda davom etsa Lionel qoladi. Shartnomada shunday band bor.
Agar Kataloniya mustaqil bo'lsa, Barselona faqat raqobatbardosh chempionatda o'ynasagina Lionel klubda faoliyatini davom ettiradi, - deydi Messining otasi.